Mostovoy Safonovning PSJdagi o'yinini baholash qiyin dedi

Futbolchilik faoliyati bilan tanilgan Aleksandr Mostovoy PSJ safidagi rossiyalik darvozabon Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Safonov Parijdagi imkoniyatidan unumli foydalanishga harakat qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Mostovoy darvozabonning o'yinini aniq baholash mushkul ekanini ta'kidladi. Sababi PSJ darajasidagi jamoada darvozaga bir uchrashuv davomida atigi bir-ikki marta zarba bo'lishi mumkin, boshqa klublarda esa posbon 20 martagacha sinovdan o'tadi. «Shuning uchun xulosa chiqarish qiyin, baribir ilashadigan jihat topiladi», — deya Mostovoyning so'zlarini «Chempionat» keltirdi.
Chorshanba kuni PSJ Chempionlar ligasida o'z maydonida «Monako» bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra parijliklar 5:4 hisobida ustun kelib, 1/8 finalga yo'l oldi. Bu bosqichda PSJning raqibi «Barselona» yoki «Chelsi» bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!