date

Autsayderlar bahsida Parij Nitsani minimal hisobda yengdi

Autsayderlar bahsida Parij Nitsani minimal hisobda yengdi

Fransiya Liga 1ning 24-turida «Parij» o'z maydonida «Nitsa»ni qabul qildi va quyi o'rinlar uchun muhim uchrashuvda 1:0 hisobida zafar quchdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yinning dastlabki daqiqalaridayoq Jonatan Kloss Tom Loshe uchun qulay vaziyat yaratdi, biroq raqib darvozasini ishg'ol eta olmadi. 27-daqiqada Saymon Mouzes posbonni aldab o'ta olmadi, ammo qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib kelgan Marshal Manetsi aniq zarba yo'lladi — 1:0.

Shundan so'ng Koyo Pepra Oppong xavfli zarba berdi, darvozabon seyv qilganidan keyin Kloss qayta urinishda ham hisobni o'zgartira olmadi.

Ikkinchi bo'lim oxirida Jan-Filipp Krasso «Parij»ga o'yinni xotirjam yakunlash imkonini berishi mumkin edi, ammo uning zarbasi ustunga tegdi. Yakuniy daqiqalar oldidan Tibo de Smet maydondan chetlatildi, biroq «Nitsa» son jihatdan ustunlikdan foydalanishga ulgurmay qoldi.

Natijada «Parij» g'alaba evaziga turnir jadvalida 14-o'rinda «Nitsa»ni ortda qoldirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Autsayderlar bahsida Parij Nitsani minimal hisobda yengdi