Lionel Messi Neymar haqida: U har doim dunyoning eng yaxshilaridan biri boʻlib qoladi

Lionel Messi o'zining sobiq jamoadoshi Neymar jarohatlar tufayli qiyin davrni boshdan kechirayotganiga qaramay, har doim dunyoning eng yaxshilari qatorida bo'lishini va jahon chempionatida qatnashishga loyiqligini ta'kidladi. Inter Mayami sardori Lo del Pollo shousiga bergan intervyusida braziliyalik futbolchining o'ziga xos xarizmasi, samimiy xarakteri va futbol olami uchun ahamiyati juda katta ekanligini alohida qayd etdi.
Lionel Messi oʻzining sobiq jamoadoshi Neymar haqida iliq fikrlar bildirdi. Inter Mayami sardori jarohatlar sababli qiyin davrni boshdan kechirayotgan braziliyalik futbolchi jahon chempionatida ishtirok etishga loyiq ekanligini taʼkidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Barselona va PSJ klublarida birga toʻp surgan Messi Lo del Pollo shousida bergan intervyusida shunday dedi: "Biz jahon chempionatida eng yaxshi oʻyinchilarni koʻrishni istaymiz. Neymar qanday formada boʻlishidan qatʼi nazar, har doim eng kuchlilar qatorida boʻladi. Uning Braziliya va futbol olami uchun ahamiyati juda katta".
Argentinalik yulduz Neymarning oʻziga xos xarizmasi va samimiy xarakterini alohida qayd etdi. Messining soʻzlariga koʻra, Neymar hech qachon sunʼiy qiyofa yaratmaydi va hayotni boricha, erkin yashaydi, bu esa zamonaviy futbolda kam uchraydigan holat.
Jahon chempionatidagi favoritlar haqida gapirar ekan, Messi Fransiya va Ispaniya terma jamoalarini yuqori baholadi. Shuningdek, u Braziliya terma jamoasi oxirgi paytlarda barqaror oʻyin koʻrsatmayotgan boʻlsa-da, har qanday yirik turnirda chempionlik uchun asosiy daʼvogarlardan biri boʻlib qolishini qoʻshimcha qildi.































Izohlar 0
…