Marselo Belsa JCH-2026dagi tanaffuslardan norozi

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa JCH-2026 o‘yinlaridagi qo‘shimcha tanaffuslardan norozi ekanini bildirib, tanqidiy fikrlar bildirdi. Uning ta'kidlashicha, mazkur to‘xtalishlar sababli uchrashuvlar amalda to‘rt qismga bo‘linib ketmoqda. Bu kabi o'zgarishlar futbolning odatiy tartibi va o‘yin sur’atiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shuningdek, mutaxassis bunday tanaffuslar hech qanday foyda keltirmasligini va bor narsani ham tortib olishini qo'shimcha qildi.
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa JCH-2026 o‘yinlaridagi tanaffuslar haqida tanqidiy fikr bildirdi.
Murabbiyning aytishicha, qo‘shimcha to‘xtalishlar sabab uchrashuvlar amalda to‘rt qismga bo‘linib ketmoqda. Bu holat futbolning odatiy tartibi va o‘yin sur’atiga ta’sir qilyapti.
«O‘yinlar to‘rt qismga bo‘linib ketyapti. Bu futbolning odatiy qoidalarini o‘zgartirib yubormoqda. Bunday tanaffuslar hech qanday foyda keltirmaydi, aksincha, bor narsani ham tortib oladi», dedi Belsa.































Izohlar 0
…