Reddit yangi sunʼiy intellekt vositalari yordamida karmaning ahamiyatini kamaytirmoqda

Reddit sun'iy intellekt va yangi moderatsiya vositalari yordamida ayrim jamoalarda post yozish uchun hisob qaydnomasi yoshi hamda karma talablarini bosqichma-bosqich kamaytirmoqda. Kompaniya karma ta'siri asta-sekin pasayishini bildirgan, bu esa yangi foydalanuvchilarning jamoalarda faolroq qatnashishiga imkon berishi kutilmoqda.
Mashhur Reddit platformasi oʻz infratuzilmasi va foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratishga qaratilgan yangi oʻzgarishlarni eʼlon qildi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, yangi yangilanishlar saytda ishtirok etishni osonlashtirishi, maʼlumotlarni koʻchirib olish hamda spamdan himoya qilish bilan birga, onlayn jamoalarni moderatsiya qilish jarayonini sezilarli darajada yengillashtirishi kutilmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Kompaniya taqdim etayotgan yangi avlod suiisteʼmollikning oldini olish tizimlari kelgusida ayrim jamoalarga post yozish huquqini berish uchun hisob qaydnomasi yoshi va «karma» kabi koʻrsatkichlardan voz kechish imkonini berishi mumkin. Maʼlumki, Redditʼning raqamli obroʻ tizimi boʻlgan karma foydalanuvchilarga foydali va qiziqarli xabarlar orqali upvote toʻplash imkonini beradi. Biroq dastlab spam va botlardan himoya qilish uchun yaratilgan bu cheklovlar koʻpincha yangi kelgan foydalanuvchilarning jamoat hayotida faol qatnashishini qiyinlashtirib kelayotgan edi.
Sunʼiy intellekt va Rules Hub vositalari
Reddit maʼmuriyati kelgusida yanada kuchli himoya tizimlariga tayanib, yangi foydalanuvchilar uchun jamoat eshiklarini kengroq ochishni maqsad qilgan. Kompaniya karmaning ahamiyati butunlay yoʻqolishini maʼlum qilmagan boʻlsa-da, uning taʼsiri asta-sekin pasayishini bildirdi. Bu esa chinakam yangi foydalanuvchilar uchun platformada oʻzini erkin tutish va moderatorlar uchun ularni ishonch bilan kutib olish imkonini beradi.Shu bilan birga, platforma sunʼiy intellektga asoslangan yangi moderatsiya vositasi — Rules Hubʼni sinovdan oʻtkazish koʻlamini kengaytirmoqda. Ushbu vosita qaysi qoidalarni avtomatik tarzda bajarish va qanday chora koʻrish kerakligini aniqlashda moderatorlarga yaqindan yordam beradi. Hozirda 700 dan ortiq jamoalar foydalanayotgan bu vosita barcha yangi jamoalar uchun sinov tariqasida taqdim etilib, joriy yil oxirigacha barcha uchun ochiq boʻlishi rejalashtirilgan.
Platformaning moliyaviy koʻrsatkichlari va kelajak rejalari
Rules Hub yirik til modellaridan (LLM) foydalangan holda post yoki izoh qoida talablariga mos kelishini aniqlaydi. Kompaniyaning tushuntirishicha, bu tabiiy til nuanslarini va murakkab holatlarni yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Shuningdek, foydalanuvchilarga qoidalar haqida eslatib turuvchi va jamoat ichida maxsus teglarni oʻrnatishga yordam beruvchi boshqa vositalar imkoniyatlari ham kengaytirildi.Reddit oʻzining eski desktop versiyasi — Old Redditʼda ham oʻzgarishlar qilib, moderator ish jarayonlarini yangi tizimga oʻtkazishini maʼlum qildi. Oʻtgan haftadagi moliyaviy hisobot yigʻilishida kompaniya rahbarlari haftasiga yarim milliard faol foydalanuvchini kundalik foydalanuvchilarga aylantirish asosiy maqsadlardan biri ekanini taʼkidlashdi. Reddit ikkinchi chorakda daromadni 805 million dollarga yetkazib, kutilgan natijalardan yuqori koʻrsatkich qayd etgan edi.






























Izohlar 0
…