Orkalar ilk bor kameraga tushgan dahshatli ov usulini namoyish qildi

Kaliforniya ko‘rfazida orkalar ulkan quyosh balig‘ini kuchli zarba bilan parchalab, oziqlangani ilk bor kameraga muhrlandi. Ikki holatda bir orka o‘lik baliqni ushlab turgan, ikkinchisi esa yuqori tezlikda kelib uni urgan. Natijada baliq mayda bo‘laklarga ajralib, yosh orkalar uchun yeyish osonlashgan.
Orkalar yana bir bor olimlarni hayratga soldi. Kaliforniya ko‘rfazida o‘tkazilgan kuzatuvlar chog‘ida ularning ulkan quyosh balig‘ini o‘ziga xos usulda maydalab, oziqlanishi ilk marta kameraga muhrlandi.
Tadqiqotchilar ikki alohida holatda bir orka o‘lik quyosh balig‘ini ushlab turganida, ikkinchisi yuqori tezlikda kelib uni kuchli zarba bilan urib parchalaganini qayd etdi. Natijada baliq kichik bo‘laklarga ajralib, yosh orkalar uchun yeyish osonlashgan.
Mutaxassislar fikricha, bu harakat yosh orkalarni oziqlantirishni yengillashtirish yoki ov qilish ko‘nikmalarini o‘rgatishga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, ba’zi olimlar buni orkalarning yuqori darajadagi aql-zakovati va o‘zaro hamkorligini namoyon etuvchi noyob xulq-atvor sifatida baholamoqda.
Mazkur kuzatuv ilmiy jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadqiqot mualliflari orkalarning bunday ov qilish usuli avval hech qachon batafsil qayd etilmaganini ta’kidladi. Bu esa dengiz yirtqichlarining xulq-atvori haqidagi tasavvurlarni yanada kengaytirishi mumkin.






























Izohlar 0
…