O‘limidan bir kun oldin ham talabalariga baho qo‘ygan ustoz

AQSHning Texas shtatida matematika o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan Manuyel Alexandro Navarro og‘ir ahvolda shifoxonada yotganiga qaramay, o‘quvchilarining topshiriqlarini tekshirib chiqdi.
U reanimatsiyaga kiritilishidan oldin talabalarining ishlarini yakuniy baholashga ulgurgan. Yaqinlarining aytishicha, Navarro uchun o‘quvchilarining bilim olishi va baholarini o‘z vaqtida bilishi juda muhim bo‘lgan.
Oila a’zolari uni kasbiga sadoqatli, mas’uliyatni oxirigacha his qilgan inson sifatida eslamoqda. U og‘ir holatiga qaramay, o‘qituvchi sifatidagi vazifasini bajarishni birinchi o‘ringa qo‘ygan.
Manuyel Alexandro Navarro topshiriqlarni to‘liq baholaganidan keyin, ertasi kuni 66 yoshida vafot etdi. Uning bu harakati ko‘pchilik tomonidan haqiqiy ustozlik, mehr va kasbga sadoqat namunasi sifatida qabul qilinmoqda.































Izohlar 0
…