FIFA Portugaliya va Xorvatiya o‘yinidagi bekor golni izohladi

FIFA Portugaliya va Xorvatiya o‘rtasidagi uchrashuvning 90+13-daqiqasida kiritilgan, ammo bekor qilingan gol bo‘yicha rasmiy izoh berdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan 13-daqiqada Xorvatiya hisobni tenglashtirgan edi. Biroq bosh hakam Espen Eskos VAR orqali vaziyatni qayta ko‘rib chiqdi va Mario Pashalich ofsayd holatida bo‘lgani uchun golni hisobga olmadi.
FIFA ma’lumotiga ko‘ra, qarorni qabul qilishda «Trionda» rasmiy to‘piga o‘rnatilgan Connected Ball Technology texnologiyasi ma’lumotlaridan foydalanilgan. Sensorlar goldan oldin to‘p Xorvatiyaning 20-raqamli futbolchisi Igor Matanovichning boshiga tekkanini qayd etgan.
Aynan shu teginishdan keyingi vaziyatda Mario Pashalich ofsaydda qolgan. Shu sababli VAR tekshiruvi golni bekor qilish uchun asos bo‘lgan.
FIFA bayonotida «Trionda» to‘pi ichidagi IMU sensorlari to‘pga bo‘lgan juda kichik teginishlarni ham aniqlay olishi aytilgan. Bu ma’lumotlar hakamlarga bahsli vaziyatlarda tezroq va aniqroq qaror qabul qilish imkonini beradi.
Uchrashuv Portugaliyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.































Izohlar 0
…