
Oʻzbekiston chempionatining 25-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Milliy” stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda mezbonlarning qoʻli baland keldi.
31-daqiqada maydon egalari standart vaziyatdan unumli foydalanishdi. Burchak zarbasidan soʻng Azizbek Haydarov raqib darvozasini aniq nishonga olib jamoasini oldinga olib chiqdi.
60-daqiqada Abdulla Abdullayev “Bunyodkor”ning ikinchi golini urdi va yakuniy hisobni oʻrnatdi.
Superliga, 25-tur
“Bunyodkor” – “Navbahor” 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 31 Haydarov, 2:0 – 60 Abdullayev.
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Dilshod Joʻrayev, Dilshod AHmadaliyev, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov, Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxoʻjayev, Xurshid Gʻiyosov (Mirjahon Mirahmadov, 80), Azizbek Haydarov (Abdulla Abdullayev, 54).
“Navbahor”: Botirali Ergashev, Igor Golban, Oston Oʻrunov, Sherzod Karimov, Ayubxon Noʻmonov (Darko Nikach, 46), Azizbek Turgʻunboyev, Mirzohid Gʻofurov, Aʼzamjon Aliyev, Roʻzimboy Ahmedov (Sardor Sulaymonov, 62), Davronbek Hoshimov, Jahongir Mehmonov.
Ogohlantirishlar: Sobirxoʻjayev 73, Hoshimov 85.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing