
Xitoy Superligasida 3-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda. Bugun Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedovning klubi “Shanxay SIPG” “Chayna Forchun” klubi mehmoni boʻlib, 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Oʻyinning 80-daqiqasida Ahmedov Shenglong Lining tovoni bilan uzatgan chiroyli pasidan soʻng gʻalaba goli muallifi boʻldi. Endilikda amaldagi chempion dastlabki uchta turda qozonilgan uchta gʻalaba evaziga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Gol em cobrança de lateral! Fu Huan -> Li Shenglong -> Odil Akhmedov! Finalização precisa do meia usbeque para fazer 2x1 para o Shanghai SIPG. pic.twitter.com/2oqNZukF4W
— Leonardo Hartung (@HartungLeo) March 30, 2019
Eslatib oʻtamiz, Ahmedov birinchi turda “Shanxay Shenxua”ga qarshi kechgan bahsda ham (4:0) darvozani ishgʻol etgandi, oʻshanda ham unga Shenglong Li uzatma bergandi. Chempionatning 2-turida qatnashmagan 25-raqam egasi jamoasining OCHL guruh bosqichidagi ikkita oʻyinida toʻliq 90 daqiqadan toʻp tepdi.

Umuman, Odil “Shanxay SIPG” tarkibida Xitoy chempionatidagi oxirgi uchta oʻyinda maydonni golsiz tark etmayapti. U oʻtgan mavsum soʻnggi turida ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻygandi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar