«Real» yozda Ronaldu, Benzema, Ramos, Kroos, Cherishev va yana 4 futbolchini sotmoqchi

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres yozda jamoani mutlaqo yangilashni rejalashtirmoqda. Bu haqida Uff.uz nashri xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites yozga etmasdanoq iste’foga chiqarilishi kutilmoqda. Boz ustiga Peres 9 nafar futbolchini sotishni va ularning transferidan 200 million evro ishlab olishni maqsad qilgan.
Rejaga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu 60, Serxio Ramos esa 40 million evroga sotilishi kerak. Shuningdek Benzema, Toni Kroos, Isko, Xese, Alvaro Arbeloa, Keylor Navas va Denis Cherishevlar ham sotuvga qo‘yiladi.
La Sexta tomonidan xabar qilinishicha, "Real" yozda David De Xea («MYu»), Robert Levandovski («Bavariya») va Eden Azarni («Chelsi») o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Shuningdek Garet Beyl ham tarkibda qolishi lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing