21 yoshli blogerning so‘nggi sayohati fojia bilan yakunlandi

Jizzax shahrida 5 avgust kuni soat taxminan 03:00 larda Gentra avtomobili daraxtga urilishi oqibatida 21 yoshli bloger Orzigul Urazmatova vafot etdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, u “O'ratepalik” mahallasidan o'tuvchi yo'lda rul boshqaruvini yo'qotgan. Avtomobilda bo'lgan 18 yoshli yo'lovchi qiz jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa yuzasidan Jizzax shahar IIB Tergov bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Jizzax shahrida Gentra avtomobili ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi inson o‘limi bilan yakunlandi. Fojia oqibatida 21 yoshli bloger Orzigul Urazmatova hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 5 avgust kuni soat taxminan 03:00 larda Jizzax shahrining “O‘ratepalik” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Sharof Rashidov tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan Orzigul Urazmatova o‘zi boshqarayotgan Gentra avtomobilida harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetidagi daraxtga kelib urilgan.
To‘qnashuv natijasida haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan Jizzax viloyati tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga olib borilgan. Shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramasdan, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan 18 yoshli qiz ham jarohatlangan. U shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ayni vaqtda unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Jizzax shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning barcha holatlari va sabablari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.






























Izohlar 0
…