Yozgi taʼtilga tayyorgarlik: avtomobilni issiq kunlarga qanday hozirlash kerak

Issiq va quruq ob-havo, uzoq masofali safarlar hamda yuk bilan to'ldirilgan bagajnik avtomobilga qo'shimcha yuklama beradi, shu bois yo'lga chiqishdan oldin uni tekshirtirish muhim. Joriy yilda Buyuk Britaniyada may, iyun va iyul oylarida harorat 35°S darajadan yuqori qayd etilib, meteorologik kuzatuvlar tarixida ilk bor bunday holat kuzatildi.
Joriy yilda Buyuk Britaniyada may, iyun va iyul oylarida harorat 35°S darajadan yuqori qayd etilib, meteorologik kuzatuvlar tarixida ilk bor bunday holat kuzatildi. Issiq va quruq ob-havo sharoitida avtomobil o'zining butun yillik quvvatidan ko'ra ko'proq zo'riqish bilan ishlay boshlaydi. Kwik Fit mutaxassislari bergan ma'lumotlarga ko'ra, uzoq masofali safarlar, yuk bilan to'ldirilgan bagajnik va jazirama issiq transport vositasiga qo'shimcha yuklama beradi. Safar davomida yo'l chetida yoqimsiz kutilmagan vaziyatlarga duch kelmaslik uchun avtomobilni yo'lga chiqishdan oldin to'g'ri tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.
Yozgi ta'tillar paytida uzoq masofalarga harakatlanish avtomobil dvigatelidan tortib shinalargacha bo'lgan barcha qismlarga ta'sir qiladi. Kundalik qatnovlarga qaraganda magistral yo'llardagi uzoq safarlar va salon ichidagi yuqori harorat haydovchi hamda temir ot uchun sinovdir. Shuning uchun kichik profilaktika tadbirlari ta'til kayfiyatini buzuvchi ko'ngilsizliklarning oldini oladi.
Konditsioner tizimini tekshirish va uning ahamiyati
Kwik Fit ma'lumotiga ko'ra, konditsioner tizimlari hech qanday nosozlik bo'lmasa ham, har yili o'rtacha 10 foiz atrofida sovutuvchi modda (frpeon) yo'qotadi. O'tgan yili yaxshi ishlagan tizim bu safar iliq havo hayday boshlashi mumkin. Agar avtomobil saloni sekin soviyotgan bo'lsa yoki deflektorlardan chiqayotgan havo avvalgidek sovuq bo'lmasa, uni uzoq safarga chiqishdan oldin tekshirtirib olish maqsadga muvofiqdir.Oddiy konditsioner tekshiruvi ko'p vaqt olmaydi va arzon turadi, biroq u kichik sizib chiqishlarni jiddiy va qimmat muammoga aylanishidan oldin aniqlashga yordam beradi. Sovutuvchi moddani to'ldirish jarayoni ko'pchilik avtoservislarda bir soatdan kam vaqt oladi. Bu ishni boshqa texnik ko'riklar bilan birgalikda amalga oshirish juda qulay.
Salonning haddan tashqari qiziishi haydovchining diqqatini chalg'ituvchi jiddiy omil hisoblanadi. Charchagan va qizib ketgan haydovchilar sekinroq reaksiya bildiradilar hamda favqulodda vaziyatlarda noto'g'ri qarorlar qabul qilishlari mumkin. Orqa o'rindiqdagi bezovta bolalar bilan uzoq yo'l yurishganda, salon haroratini mo'tadil saqlash xavfsizlik va xotirjamlik garovidir.
Shuningdek, shu jarayonda chang filtrini (pollen filter) ham tekshirib ko'rish tavsiya etiladi. Ifloslangan filtr havo oqimini cheklab qo'yadi va konditsioner tizimining zo'riqib ishlashiga olib keladi. Quruq yoz kunlarida chang va gul changlari ko'p bo'lishini hisobga olsak, toza filtr allergiyadan aziyat chekuvchilar uchun ham qulaylik yaratadi.































Izohlar 0
…