Foto: Getty Images
16 dekabr kuni FIFA tashkilot sobiq rahbari Yozef Blatter va sobiq vitse-prezidenti Mishel Platini ustidan Shveysariya sudiga murojaat qildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.
FIFA 2011 yilda fransuzga asossiz to‘langan 2 million yevroni qaytarishni talab qilmoqda. Hattoki Shveysariya Federal Oliy sudi 2 million yevro miqdoridagi ushbu sovg‘ani «asossiz to‘lov» deya hisoblanishini tasdiqladi.
Sud hukmi bilan ikki million yevro sobiq rahbarlar tomonidan qaytarib berilsa, qaytarilgan mablag‘ foizlar, qo‘shimcha intizomiy xarajatlar va jarimalar ko‘rinishida birinchi navbatdagi FIFAning futbolni rivojlantirish dasturiga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Yozef Blatter va Mishel Platini 2015 yilda 8 yilga futbolga aloqador ishlardan chetlatilgandi. Keyinchalik bu muddat 6 yilga qisqartirildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi