date

Kim Jin Hyon: «Suyaklarim sinib ketsa ham «quruq» seriyamni davom ettiraveraman»

Kim Jin Hyon: «Suyaklarim sinib ketsa ham «quruq» seriyamni davom ettiraveraman»

Janubiy Koreya terma jamoasi darvozaboni Kim Jin Hyon hali turnir davomida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmadi. Bugun O‘zbekiston bilan o‘yindan keyin koreyslar darvozaboni o‘z Vatanidan kelgan OAV hodimlariga fikrlarini aytib o‘tdi. Aytish kerakki, darvozabon bugun jarohat olgan va o‘ng oyog‘i ancha achinarli holatda edi.

"Ha, menda jarohat bor. Tibbiy ko‘rik natijalaridan qat’iy nazar maydonga tushishni istayman", - deya so‘z boshladi Kim Jin Hyon. "4-raqamli futbolchi (Sardor Rashidov) men bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib kelayotganida to‘qnashuvda jarohat oldim. Hakam hushtak chalmadi. Yon hakamning ham bayroqchani ko‘tarmaganini ko‘rgach, jarohat olsam ham mayli, darvozamizga gol kirmasin deya tavakkal oldinga chiqdim. O‘sha vaziyatda darvozamizni ishg‘ol qilishganida o‘yin qanday davom etishini tasavvur ham qilolmayman. Bundan keyin suyaklarim sinib ketsa ham «quruq» seriyani davom ettirish niyatidaman. Bugun o‘yin oldidan biroz penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko‘rgandik. Lekin o‘yindan oldin bosh murabbiyimiz penaltilar seriyasigacha g‘alaba qozonishga ishonayotganligini aytdi. O‘zbekiston xujumda yaxshi o‘ynadi. Bizni qamal holatiga olib kelgan vaziyatlar bo‘ldi. Ammo biz qiyin holatdan chiqib keta oldik", - dedi Kim Jin Hyon.

Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul

Manba: www.stadion.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kim Jin Hyon: «Suyaklarim sinib ketsa ham «quruq» seriyamni davom ettiraveraman»