
Serbiyadagi jahon birinchiligida ikkinchi bor chempionligini qo‘lga kiritgan fransuz Sofian O‘mia hamyurtimiz Abdumalik Xalakov bilan kechgan final jangi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Jahon chempionatida ikkinchi bor chempionlik shohsupasiga ko‘tarilganim yoqimli holat. Xalakov bilan jang haqiqiy final edi va men hozir Sobiq Ittifoq bokschilari bo‘yicha mutaxassisman deb o‘ylayman. Ularga qarshi kurashish bo‘yicha yaxshigina tajribaga egaman. Abdumalik Xalakov ajoyib bokschi, u Sofian O‘mia bo‘lishga harakat qildi. Ammo mening uslubim faqat menga qulay. Bu haqiqiy final jangi bo‘ldi va menga juda yoqdi», - dedi Sofian.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar