Beeline firibgarlarga qarshi: Kiberbuviga Kiberbola hamrohlik qiladi

Beeline firibgarlarga qarshi: Kiberbuviga Kiberbola hamrohlik qiladi
Audio versiyasi

“VimpelKom” operatori (Beeline brendi) telefon firibgarligiga qarshi kurashish tizimini kengaytirdi. Ilgari keksa yoshli insonlar nomidan jinoyatchilar bilan muloqot qiluvchi “Kiberbuvi” (Kiberbabushka) AI-modeliga endilikda yangi personaj — “Kiberbola” (Kiberpatsan) qoʻshildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi sunʼiy intellekt modeli aynan oʻsmirlarni aldashga qaratilgan ssenariylarga ixtisoslashgan. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, kelajakda “kiber-oila” tarkibini yanada boyitish rejalashtirilgan. Bunda firibgar istalgan abonentga qoʻngʻiroq qilganida, raqam egasining profiliga mos keladigan virtual suhbatdoshga duch keladi.

Texnologiya quyidagicha ishlaydi: algoritm firibgardan kelayotgan qoʻngʻiroqni tahlil qiladi, shundan soʻng katta til modeli (LLM) kontekstga mos javob matnini generatsiya qiladi. Ushbu matn real vaqt rejimida nutqqa aylantirilib, jinoyatchiga uzatiladi. Asosiy maqsad — firibgarni goʻyoki real odam bilan gaplashayotganiga ishontirib, uning vaqti va resurslarini behuda sarflashdir.

Beeline mutaxassislarining tushuntirishicha, oʻsmirlar firibgarlar uchun keksa yoshli kishilardan keyingi eng asosiy xavf guruhiga kiradi. Jinoyatchilar koʻpincha oʻzlarini maktab, oliygoh yoki davlat organi xodimi sifatida tanishtirib, bolalardan shaxsiy maʼlumotlarni olishga yoki muayyan harakatlarni bajarishga majburlashga urinishadi.

“Kiberbola” aynan shunday hiylalarni tanib olish va ularga ishonarli tarzda javob qaytarishga oʻrgatilgan. Mazkur xizmat “Mening xavfsizligim” servisi foydalanuvchilari uchun bepul bazaviy tarifda mavjud. Antifrod boʻyicha direktor Pyotr Alferovning taʼkidlashicha, loyihaning ishga tushirilishi yozgi taʼtil davrida bolalar xavfsizligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar