Rossiyada tovushdan tez uchar yoʻlovchi samolyoti prototipi yaratilmoqda

Rossiyada tovushdan tez uchar yoʻlovchi samolyoti prototipi yaratilmoqda
Audio versiyasi

Rossiyada tovushdan tez harakatlanuvchi yangi avlod yoʻlovchi samolyoti prototipi ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda Birlashgan aviatsiya korporatsiyasi (OAK) rahbari Vadim Badexa TASS agentligiga bergan intervyusida maʻlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Uning soʻzlariga koʻra, loyiha allaqachon hisob-kitob bosqichidan oʻtib, amaliy jarayonga koʻchgan. Hozirda ishlar qogʻozda emas, balki bevosita konstruksiya va detallar ustida, yaʻni "temirda" olib borilmoqda. Loyiha ustida Jukovskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi OAK bilan hamkorlikda ishlamoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bunday laynerlar kelajakda aviakompaniyalar uchun katta qiziqish uygʻotishi mumkin. Taxminlarga koʻra, ushbu turdagi samolyotlar parki kelajakda oʻnlab birlikni tashkil etadi. Asosiy talab biznes va birinchi klass yoʻlovchilari tomonidan boʻlishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida institut tovushdan tez uchuvchi istiqbolli samolyot konstruksiyasini patentlagan edi. Mazkur texnologiya tovush zarbasini kamaytirish va aeroportlar yaqinidagi shovqin darajasini pasaytirish imkonini beradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar