Binance birjasi NFT qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatib, hamyonga koʻchirmoqda

Binance kriptovalyuta birjasi oʻz platformasida non-fungible token (NFT) qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishini va NFT boshqaruvini oʻzining Binance Wallet nomli shaxsiy hamyoniga oʻtkazishini eʻlon qildi. Kompaniyaning chorshanba kungi bayonotiga koʻra, bu oʻzgarish foydalanuvchilarga Web3 va markazlashmagan funksiyalardan foydalanishda yanada qulaylik yaratadi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
NFT egalari oʻzlarining oʻtkazilishi mumkin boʻlgan tokenlarini 3-iyulga qadar platformadan olib chiqib ketishlari lozim, shundan soʻng ularga kirish imkoniyati yopiladi. Oʻtkazib boʻlmaydigan NFT egalari uchun esa Binance Academy kursni tamomlaganlik haqida PDF-sertifikat taqdim etadi. Ushbu qaror koʻplab birjalarning NFT sohasidan uzoqlashib, tokenizatsiya qilingan aktivlar kabi boshqa yoʻnalishlarga eʻtibor qaratayotganini koʻrsatmoqda.
Binance ushbu jarayonda foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida NFT yechib olish komissiyalarini qoplash boʻyicha ikki turdagi aksiyani yoʻlga qoʻydi. Birinchi aksiya umumiy NFTʼlar uchun, ikkinchisi esa Cristiano Ronaldo (CR7) kolleksiyasiga tegishli tokenlar uchun amal qiladi. Birja 100 000 nafargacha foydalanuvchini tanlab oladi va har biriga 1 USDC miqdorida kompensatsiya toʻlaydi.
NFT bozori soʻnggi paytlarda sezilarli pasayishni boshdan kechirmoqda. Hatto CryptoPunk kabi yetakchi kolleksiyalar ham 2022-yil yozidagi eng yuqori koʻrsatkichlariga qayta olgani yoʻq. Binanceʼdan avval Kraken birjasi va OpenSea bozori ham BNB Smart Chain tarmogʻidagi NFTʼlarni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatgan edi.



























Izohlar 0
…