Rocket Lab yangi Neutron raketasining Archimedes dvigatellarini namoyish etdi

Rocket Lab kompaniyasi Neutron raketasining birinchi pogʻonasi quvvat konstruksiyasiga Archimedes dvigatellarini oʻrnatish jarayoni aks etgan taʼsirli suratlarni eʼlon qildi. Ushbu sinovlar raketaning toʻliq yigʻilishidan oldingi hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Suratlarda barcha butlovchi qismlari, jumladan, izolyatsiyalangan quvurlar, simlar tutamlari va mahkamlash interfeyslariga ega kuchli metan dvigatelini koʻrish mumkin. Muhandislar real uskunadagi barcha ulanishlar raqamli modelga toʻliq mos kelishini muvaffaqiyatli tekshirib oldilar.
Navbatdagi qadam — raketani toʻliq integratsiya qilish va debyut orbital parvozidan oldingi yerusti sinovlarini oʻtkazishdir. Neutron oʻrta yuk koʻtarish quvvatiga ega raketa boʻlib, uning birinchi pogʻonasi koʻp marta foydalanishga moʻljallangan.
Toʻqqizta Archimedes dvigateli past yer orbitasiga 13 tonnagacha yuk olib chiqishni taʼminlaydi. Rocket Lab bosh direktori Peter Beck kompaniya koʻp marta ishlatiladigan Neutron raketasini 2026-yilning toʻrtinchi choragida uchirish rejasiga muvofiq harakat qilayotganini taʼkidladi.





























Izohlar 0
…