Sber va T-Bank integratsiyasi: Barcha hisoblar endi bitta ilovada

Sber va T-Bank integratsiyasi: Barcha hisoblar endi bitta ilovada
Audio versiyasi

Sber jamoasi oʻzining „SberBank Onlayn“ ilovasi foydalanuvchilariga boshqa banklardagi hisoblarini boshqarish imkoniyatini taqdim etdi. Hozirgi bosqichda platformaga T-Bank ulandi. Sber vakillarining taʼkidlashicha, ushbu loyihaning ishga tushirilishi ochiq banking texnologiyasini ommaviy bozorga olib chiqadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Endilikda har ikkala bankda hisob raqamiga ega boʻlgan mijozlar ularni yagona interfeysda koʻrishlari mumkin, bu esa pul oʻtkazmalari va moliya nazoratini sezilarli darajada osonlashtiradi. Sberbank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Kirill Tsaryovning soʻzlariga koʻra, ochiq banking endi cheklangan doiradagi texnologiya emas, balki ommaviy mijoz ssenariysiga aylanmoqda.

Xizmatni faollashtirish uchun ilovadagi „Koshelyok“ boʻlimidan „Boshqa bank hisobini qoʻshish“ bandini tanlash lozim. Barcha operatsiyalar faqat mijozning roziligi bilan amalga oshiriladi. Xavfsizlik esa banklar oʻrtasida himoyalangan kanallar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlumot almashinuvi va maxsus kriptografik standartlar yordamida taʼminlanadi.

Integratsiyaning birinchi bosqichida faqat debet kartalari va joriy hisoblar mavjud. Kelajakda ushbu roʻyxatni omonatlar, kreditlar va investitsiya mahsulotlari bilan kengaytirish rejalashtirilgan. Shuningdek, platformaga boshqa yirik moliya tashkilotlarining ham qoʻshilishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar