Soxta DDR5 xotiralarini originalidan ajratish qiyinlashmoqda

Xitoyning savdo maydonchalarida G.Skill va V-Color brendlari ostida ishlab chiqarilgan soxta DDR5 operativ xotira modullari ommaviy ravishda paydo boʻldi. Computex 2024 koʻrgazmasida kompaniya vakillari ushbu muammo bozorga jiddiy taʻtsir koʻrsatayotganini va kontrafakt mahsulotlarni originalidan ajratish tobora murakkablashib borayotganini maʻlum qilishdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi avlod soxta modullarining asosiy xususiyati shundaki, ular G.Skill va V-Color yechimlariga vizual jihatdan aynan oʻxshash boʻlgan bosma platalardan foydalanmoqda. Shuningdek, firibgarlar radiatorlar va hatto RGB yoritish tizimlarini ham yuqori aniqlikda nusxalashga muvaffaq boʻlishgan. Ilgari soxta xotiralarni plastik yoki shisha tolali “feyk” chiplar orqali osongina aniqlash mumkin edi.
V-Color kompaniyasi Xitoyda arzon narxlarda sotilayotgan nusxalar boʻyicha mijozlardan koʻplab shikoyatlar tushayotganini bildirdi. Hozircha soxta modullarda aynan qaysi chiplar ishlatilayotgani nomaʻlum, chunki original V-Color mahsulotlari faqat SK hynix chiplarida chiqariladi. Kompaniya tahlil oʻtkazish uchun hali soxta namunalarni qoʻshiga kiritmagan.
G.Skill vakillari ham ushbu muammoni tasdiqlab, kontrafakt mahsulotlar bozorda koʻp yillardan beri mavjudligini taʻkidlashdi. Kompaniya mutaxassislari qimmatbaho operativ xotira sotib olayotganda firibgarlik qurboniga aylanmaslik uchun faqat rasmiy hamkorlar va ishonchli sotuvchilarga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.





























Izohlar 0
…