Rossiyada biznes-jetlar uchun yangi aviatsiya dvigateli ishlab chiqilmoqda

Rossiyada biznes-jetlar uchun yangi aviatsiya dvigateli ishlab chiqilmoqda

Rossiyaning "Rostex" davlat korporatsiyasi kelajakda 10 tonna tortish kuchiga ega boʻlgan yangi aviatsiya dvigatelini yaratishni rejalashtirmoqda. Mazkur kuch qurilmasi asosan biznes-aviatsiya samolyotlari uchun moʻljallangan boʻladi. Bu haqda korporatsiya rahbari Sergey Chemezov maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Top-menejerning soʻzlariga koʻra, yangi dvigatel loyihasi PD-8 bazasida shakllantirilishi mumkin. Shu bilan birga, Chemezov ushbu dvigatel negizida butun bir yechimlar oilasini yaratish imkoniyati borligini taʼkidladi. Vazifalardan kelib chiqib, tortish kuchini 25–30 foizga oshirish yoki 20 foizga kamaytirish koʻzda tutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda "Superjet" samolyotlari uchun moʻljallangan PD-8 dvigateli rasmiy tur sertifikatini qoʻlga kiritgan edi. Bu esa loyihaning texnik jihatdan tayyor ekanligini anglatadi.

Shuningdek, Rossiyaning yangi mintaqaviy avialayneri Il-114-300 ham tur sertifikatiga ega boʻldi. Endilikda ushbu samolyotni seriyali ravishda ishlab chiqarishga ruxsat berilgan boʻlib, u mahalliy aviatsiya yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar