Sunʼiy yoʻldoshlar 20 sm aniqlikda: Roskosmos yangi standartlarni eʼlon qildi

Sunʼiy yoʻldoshlar 20 sm aniqlikda: Roskosmos yangi standartlarni eʼlon qildi

Roskosmos rahbari Dmitriy Bakanovning taʼkidlashicha, zamonaviy vazifalar Yer masofaviy zondlash sunʼiy yoʻldoshlaridan hozirgidan koʻra ancha yuqori aniqlikni talab qilmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, bir metrli aniqlik darajasi, ayniqsa navigatsiya va uchuvchisiz tizimlardan foydalanish sohasida yetarli boʻlmay qoldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida chiqish qilgan Bakanov, dronlar va uchuvchisiz qurilmalarning rivojlanishi detsimetrli aniqlikka oʻtishni taqozo etayotganini qayd etdi. Mutaxassisning fikricha, gap nafaqat harbiy harakatlar, balki fuqarolik ehtiyojlari uchun ham oʻta muhim boʻlgan oʻnlab santimetrli aniqlik haqida bormoqda.

Roskosmos 2032-yilga kelib idoralarni oʻta yuqori aniqlikdagi kartografik maʼlumotlar bilan taʼminlashni rejalashtirmoqda. Kelajakdagi vazifalarni hal qilish uchun taxminan 20 sm darajasidagi detallashtirish kutilmoqda, bu esa geomaʼlumotlar va navigatsiya xizmatlari sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar