date

OnePlus smartfonlari uchun OxygenOS 16.1 yangilanishi taqdim etildi

OnePlus smartfonlari uchun OxygenOS 16.1 yangilanishi taqdim etildi

OnePlus kompaniyasi o‘z qurilmalari uchun OxygenOS 16.1 operatsion tizimini tarqatishni boshladi. Yangilanishni birinchi bo‘lib OnePlus 15 smartfoni qabul qilib oldi. Dastlab Release Candidate bosqichida bo‘lgan proshivka endilikda barqaror reliz holatiga o‘tdi. Taxminan 2,1 GB hajmdagi yangilanish dastlab Hindistonda foydalanishga topshirildi va bosqichma-bosqich Yevropa hamda boshqa hududlarga yetib boradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi tizimning asosiy yangiligi — bu Samsung kompaniyasining Now Bar konsepsiyasiga o‘xshash Live Space funksiyasidir. Bu qulflangan ekranda joylashgan ixcham «kapsula» bo‘lib, unda bildirishnomalar, musiqa, taymerlar va sport voqealari real vaqt rejimida aks etadi. Shuningdek, qulflangan ekran dizayni qayta ko‘rib chiqildi, interfeys yanada sezgir, animatsiyalar esa ravonroq bo‘ldi.

Boshqaruv markazi ham yangilandi, Live Activities tizimi esa endilikda qo‘ng‘iroqlar, diktofon, chiroq va xaritalardagi navigatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu smartfon bilan ishlash jarayonini yanada dinamik va qulay qiladi.

Sun’iy intellekt imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, fotosuratlar, hujjatlar va tarjimalarni qayta ishlash jarayonlari yaxshilandi, bu esa natijalarni tezroq va aniqroq olish imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » OnePlus smartfonlari uchun OxygenOS 16.1 yangilanishi taqdim etildi