date

AQShda elektr energiyasi narxi keskin oshdi: aybdor — maʼlumotlar markazlari

AQShda elektr energiyasi narxi keskin oshdi: aybdor — maʼlumotlar markazlari

AQShdagi eng yirik elektr tarmogʻi boʻlgan PJM Interconnection tizimida elektr energiyasi narxi bir yil ichida deyarli ikki barobarga oshdi. Mustaqil kuzatuvchi Monitoring Analytics tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan hisobotga koʻra, bir megavatt-soat elektr energiyasi uchun ulgurji narx oʻtgan yilgi 77,78 dollardan 136,53 dollargacha koʻtarilgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Mutaxassislar narxlar oshishiga maʼlumotlar markazlarining (data centers) haddan tashqari koʻp elektr energiyasi isteʼmol qilayotgani va PJM operatorining ushbu oʻsib borayotgan talabni boshqarishda ojizlik qilayotganini sabab qilib koʻrsatmoqda. Monitoring Analytics tashkiloti mijozlar uchun yuzaga kelgan moliyaviy zarba qaytarib boʻlmas darajada ekanligini va muammo oʻz vaqtida hal etilmasa, vaziyat yanada yomonlashishini taʼkidladi.

PJM tarmogʻi, xususan, maʼlumotlar markazlari juda koʻp joylashgan Shimoliy Virjiniya hududini qamrab oladi. AI texnologiyalari rivojlanishi bilan elektr energiyasiga boʻlgan talab keskin ortdi, biroq mavjud elektr tarmoqlari bunday yuklamaga moʻljallanmagan. 2022-yilda PJM yangi energiya manbalarini ulash boʻyicha arizalarni qabul qilishni toʻxtatib qoʻygan edi, bu esa hozirgi tanqislikni yanada chuqurlashtirdi.

Monitoring Analytics hisobotida PJM qaror qabul qilish jarayonida shaffof emasligi va dasturiy taʼminotni yangilashni bir necha yilga kechiktirgani tanqid qilingan. Tashkilot fikricha, PJM mavjud inqirozni bozor qoidalarini oʻzgartirish uchun bahona sifatida ishlatmoqda, aslida esa muammoning ildizi maʼlumotlar markazlarining nazoratsiz yuklamasida yotibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » AQShda elektr energiyasi narxi keskin oshdi: aybdor — maʼlumotlar markazlari