Telefon zaryadi nega tez tugaydi? Batareyani asrashning 7 ta usuli

Foydali1 daqiqa o'qish26
Telefon zaryadi nega tez tugaydi? Batareyani asrashning 7 ta usuli
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Telefon quvvatining tez tugashiga ekran yorqinligi, internet, GPS, fon rejimida ishlaydigan ilovalar va havo harorati kabi omillar ta'sir ko'rsatadi.
  • Google Android Help va Apple Support mutaxassislari quvvatni tejash uchun ekran yorqinligini pasaytirish, keraksiz xizmatlarni o'chirish va qurilmani qizib ketishdan asrashni tavsiya qiladi.

Telefonning zaryadi avvalgidan tez tugay boshlasa, bu har doim ham batareya buzilganini anglatmaydi. Ekran yorqinligi, internet, GPS, fon rejimida ishlayotgan ilovalar va hatto havo harorati ham quvvat sarfiga ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda Google Android Help va Apple Support ma’lum qildi.

Nega telefonning zaryadi tez tugaydi?

Eng ko‘p quvvat sarflaydigan qismlardan biri — ekran. Yorqinlikni maksimal darajada saqlash, videolar ko‘rish, o‘yin o‘ynash va kameradan uzoq foydalanish batareyani tezroq bo‘shatadi.

Shuningdek, mobil tarmoq signali past joylarda telefon aloqa izlash uchun ko‘proq energiya sarflaydi. Fon rejimida ma’lumot yangilaydigan ijtimoiy tarmoqlar, xabarlashuv ilovalari va geolokatsiya xizmatlari ham zaryadning sezilarli kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Telefon zaryadini uzoqroq saqlash uchun nima qilish kerak?

  1. Ekran yorqinligini pasaytiring yoki avtomatik yorqinlikni yoqing.

  2. Ekranning avtomatik o‘chish vaqtini qisqartiring.

  3. Quvvatni ko‘p sarflaydigan ilovalarni batareya sozlamalaridan tekshiring.

  4. Keraksiz paytda GPS, Bluetooth va mobil internetni o‘chirib qo‘ying.

  5. Telefonda batareyani tejash rejimidan foydalaning.

  6. Qurilmani qizib ketishdan asrang. Issiqlik batareyaning tez quvvat yo‘qotishiga va eskirishiga olib kelishi mumkin.

  7. Telefon va ilovalarni muntazam yangilab turing. Ayrim yangilanishlar quvvat sarfi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi.

Mutaxassislar telefonni doim 0 foizgacha tushirib, keyin 100 foizgacha zaryadlash shart emasligini ta’kidlaydi. Litiy-ion batareyalarni bunday holatda muntazam ushlash ularning xizmat muddatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Agar telefon kam ishlatilsa ham zaryad juda tez tugasa, qurilma qizib ketsa yoki batareya quvvati keskin kamaygan bo‘lsa, uning batareya holatini tekshirish va zarur bo‘lsa, servis markaziga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?