Rosatom va Magnit chakana savdoda kvant hisob-kitoblarini sinovdan o‘tkazdi

Rosatom va Magnit kompaniyalari chakana savdo sohasida kvant hisob-kitoblarini joriy etish bo‘yicha ilk loyihani muvaffaqiyatli yakunladi. Sinov tariqasida chiziqli dasturlashga asoslangan logistika va ta’minotni optimallashtirish tizimi ishlab chiqildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kvant texnologiyalaridan foydalanish tovarlarni jo‘natishni rejalashtirish samaradorligini 30-40 foizga oshirish imkonini berdi. Ushbu loyiha kvant hisob-kitoblarining salohiyatini tasdiqlab, talabni prognoz qilish va ta’minot zanjirini boshqarish sifatini yaxshilash bo‘yicha yangi yechimlarni taqdim etdi.
Yaratilgan prototip klassik usullardan gibrid kvant-klassik va to‘liq kvant hisob-kitoblariga o‘tish imkonini beruvchi dasturiy mahsulot hisoblanadi. Kompaniyalar ushbu texnologiyalarni 2030-2035-yillarga borib chakana savdo tizimiga keng ko‘lamda joriy etishni rejalashtirmoqda.
Mutaxassislar kvant optimallashtirish va mashinali o‘qitish (machine learning) kabi yo‘nalishlarda tadqiqotlarni davom ettirmoqda. Bu sa’y-harakatlar kelgusida kompaniyalarga raqobatbardosh ustunliklarni taqdim etishi va biznes jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!