Tibbiyotda yangi davr: Dron orqali dori vositalari yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi

Tibbiyotda yangi davr: Dron orqali dori vositalari yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi

Rossiyaning Saxalin viloyatida ilk bor uchuvchisiz uchish apparati yordamida tibbiy yuklarni real yetkazib berish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu voqea mintaqa tibbiyoti uchun muhim burilish nuqtasi boʻlib, uzoq va borish qiyin boʻlgan hududlarga shoshilinch yordam koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Parvozni “Avrora BAS” kompaniyasi tashkil etgan boʻlib, transport vazifasini “Dron Solyushns” tomonidan ishlab chiqilgan “Aist” rusumli samolyot tipidagi dron bajardi. Qurilma Korsakov tuman markaziy shifoxonasidan Ozyorskoye qishlogʻiga qadar boʻlgan 32 kilometrlik masofani bosib oʻtdi. Bu haqda viloyat hukumati matbuot xizmati maʼlumotlariga tayanib ixbt.com xabar bermoqda.

Eʼтиborli jihati shundaki, dron shunchaki dori-darmonlarni manzilga yetkazibgina qolmay, ortga qaytishda bemorlarning qon tahlili namunalarini ham olib kelgan. Bu jarayon “ERA-GLONASS” davlat tizimi bazasidagi identifikatsiya platformasi orqali onlayn rejimda kuzatib borildi.

Tezlik va harorat nazorati

“Aist” droni maxsus termoboks bilan jihozlangan boʼlib, u apparatning bort tarmogʼiga ulangan. Bu tashqi muhitdagi harorat qanday boʼlishidan qatʼ nazar, termosezgir dori vositalari va biologik materiallarni xavfsiz saqlash imkonini beradi. Masalan, ilk parvoz amalga oshirilgan kuni havo harorati ancha yuqori boʼlishiga qaramay, yuklar belgilangan meʼyorlarda saqlangan.

Yangi tizimning eng katta ustunligi uning tezligidadir. Korsakovdan Ozyorskoyegacha boʼlgan masofani dron 19 daqiqada bosib oʼtdi. Bu avtomobilda yetkazib berish vaqtidan ikki baravar tezroq demakdir. Favqulodda vaziyatlarda, ayniqsa, inson hayoti soniyalarga bogʼliq boʼlgan holatlarda bunday tezkorlik hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, havo yoʼnalishlari ayniqsa qishki boʼronlardan keyingi yoʼlsizlik sharoitida juda qoʼsh keladi. Oʼbekiston sharoitida ham togʼoldi va chekka qishloqlarda tibbiy xizmat sifatini oshirish uchun bunday texnologiyalarni joriy etish istiqbolli hisoblanadi. Dronlar yordamida dori yetkazish nafaqat vaqtni tejaydi, balki logistika xarajatlarini ham kamaytirishi mumkin.

Ushbu loyihaning muvaffaqiyati kelajakda uchuvchisiz aviatsiyadan fuqarolik maqsadlarida, xususan, ijtimoiy sohada keng foydalanishga yoʼl ochadi. Hozirda tizimni muntazam asosda yoʼlga qoʼyish va parvozlar xavfsizligini yanada takomillashtirish ustida ishlar davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar