date

Google oʻzgarmoqda: Qidiruv tizimi oʻrnini bosa oladigan 6 ta muqobil

Google oʻzgarmoqda: Qidiruv tizimi oʻrnini bosa oladigan 6 ta muqobil

Google qidiruv tizimi tubdan oʻzgarish arafasida turibdi. Google I/O 2024 konferensiyasida kompaniya qidiruv tizimini toʻliq sunʼiy intellektga asoslangan muloqot rejimiga oʻtkazishini eʼlon qildi. Endilikda foydalanuvchilar oddiy havolalar oʻrniga AI Overviews tomonidan tayyorlangan tayyor javoblarni koʻrishadi. Google Search rahbari Elizabeth Reid buni qidiruv tizimining 25 yillik tarixdagi eng katta yangilanishi deb atadi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Biroq, bu oʻzgarishlar hamma foydalanuvchilarga ham maʼqul kelayotgani yoʻq. Koʻpchilik internetda oddiy maʼlumot topish qiyinlashib, hamma joyni chatbotlar egallab olayotganidan shikoyat qilmoqda. Ayniqsa, AI Overviews funksiyasining xatolar bilan ishlashi va notoʻgʻri maslahatlar berishi koʻpchilikda shubha uygʻotdi. Shu sababli, foydalanuvchilar orasida Google oʻrniga boshqa muqobil qidiruv tizimlariga qiziqish ortib bormoqda.

Sunʼiy intellektning haddan tashqari koʻpligidan tashqari, Google kompaniyasining bozordagi monopoliyasi ham eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda. 2024-yilda AQSH sudi Google qidiruv bozorida monopoliyani saqlab qolish uchun noqonuniy harakat qilgan deb topdi. Agar siz ham reklama va AI chatbotlaridan charchagan boʻlsangiz, bozorda bir qancha qiziqarli muqobillar mavjud.

Masalan, Kagi qidiruv tizimi mutlaqo reklamasiz va AI xulosalarisiz ishlashni taklif etadi. Bu servis pullik boʻlib, oyiga 5 yoki 10 dollar evaziga foydalanuvchilarga toza qidiruv natijalarini taqdim etadi. Shuningdek, Open Web Engine kabi loyihalar ham internetni oʻrganishning yangi va erkin usullarini taklif qilmoqda. Google endi avvalgi Google boʻlmagan bir paytda, boshqa platformalarni sinab koʻrishning ayni vaqti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google oʻzgarmoqda: Qidiruv tizimi oʻrnini bosa oladigan 6 ta muqobil