date

Huawei yangi Mate X va Mate XT buklama smartfonlarini taqdim etishga tayyorlanmoqda

Huawei yangi Mate X va Mate XT buklama smartfonlarini taqdim etishga tayyorlanmoqda

Huawei kompaniyasi oʻzining yangi formatdagi Pura X va Pura X Max modellarining muvaffaqiyatidan soʻng, buklama smartfonlar qatorini kengaytirishda davom etmoqda. Digital Chat Station insayderining xabar berishicha, joriy yilda brend oilasiga yana ikkita qurilma qoʻshiladi: yangilangan Mate X va innovatsion, uch buklamli Mate XT smartfoni. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Maʼlumotlarga koʻra, Huawei oʻzining uch buklamli qurilmalari ustida ishlashni davom ettirib, ularning texnik xususiyatlarini yanada takomillashtirishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, insayder Samsung kompaniyasi agar keyingi modellari kutilgan sotuv hajmini koʻrsatmasa, uch buklamli telefonlar ishlab chiqarishni toʻxtatishi mumkinligini taʼkidladi.

Huawei mahsulotlariga boʻlgan talab esa yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, Pura X Max modelining standart versiyasi 112 700 nusxada, kolleksiya nashri esa 253 000 nusxada sotilib ulgurgan. Bu koʻrsatkichlar kompaniyaning murakkab konstruksiyali qurilmalar bozoridagi mavqeyi mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Shuningdek, kelgusi yilda Huawei buklama qurilmalar qatorini yangi planshet bilan boyitishi kutilmoqda. Avvalroq Digital Chat Station Xiaomi 15 va Xiaomi 15 Pro xususiyatlari, shuningdek, Dimensity 9400 protsessori Snapdragon 8 Elite modelidan oldinroq chiqishi haqida aniq maʼlumotlarni taqdim etgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Huawei yangi Mate X va Mate XT buklama smartfonlarini taqdim etishga tayyorlanmoqda