Huawei smartfonlari tannarxi keskin oshdi

Huawei smartfonlari tannarxi keskin oshdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xotira chiplari va butlovchi qismlar narxining keskin oshishi Huawei smartfonlari tannarxini 200 AQSh dollaridan ziyodroqqa oshirib yubordi.
  • Kompaniya rahbariyati avval qoʻshimcha xarajatlarni oʻz zimmasiga olgan boʻlsa-da, bunday yondashuvni uzoq vaqt saqlab qolish imkonsizligini tan oldi.
  • Huawei ijrochi direktori Yu Chendunning taʼkidlashicha, biznes barqarorligini taʼminlash uchun kelgusida smartfonlar narxini oshirishga majbur boʻladi.

Jahon mobil bozorida xotira chiplari va butlovchi qismlar narxining keskin qimmatlashishi yirik texnologiya kompaniyalari, jumladan, Huawei faoliyatiga ham jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur muammo butun sanoat uchun sinov davrini boshlab bergan boʻlib, ishlab chiqaruvchilarni narx siyosatini qayta koʻrib chiqishga majbur qilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Huawei ijrochi direktori Yu Chendunning taʼkidlashicha, zamonaviy gadjetlar uchun zarur boʻlgan xotira narxining oʻsishi bitta qurilma tannarxini 200 AQSh dollaridan ziyodroqqa oshirib yuborgan. Bu esa korxona xarajatlarining keskin koʻpayishiga sabab boʻlmoqda.

Xotira narxining taʼsiri

Koʻplab Huawei smartfonlari yuqori hajmga ega xotira modullari bilan jihozlanishi sababli, kompaniya bu qimmatlashuv zarbasini boshqalarga nisbatan kuchliroq his qilmoqda. Kompaniya rahbariyati oxirgi vaqtgacha qoʻshimcha xarajatlarni oʻz zimmasiga olib, tayyor mahsulotlar narxini isteʼmolchilar uchun oʻzgartirmaslikka harakat qilgandi.

Biroq mutaxassislarning fikricha, bunday cheklangan yondashuvni uzoq vaqt davomida saqlab qolish imkonsiz. Xarajatlarning bunday surʼatda oʻsishi biznes umumiy rentabelligining sezilarli darajada pasayishiga olib kelgani aytilmoqda.

Kelgusidagi narx siyosati

Yu Chendun kelgusida kompaniya oʻz smartfonlari narxini oshirishga majbur boʻlishini ochiq tan oldi. Uning soʻzlariga koʻra, joriy sharoitda biznes barqarorligini taʼminlash eng asosiy vazifa sanaladi.

«Agar biz zaruriy choralarni koʻrmasak va ziyon koʻrishda davom etsak, biznes uzoq muddatli istiqbolda mavjud boʻla olmaydi. Kompaniya birinchi navbatda omon qolishi kerak», — deya qayd etdi Yu Chendun.

Mazkur oʻzgarishlar nafaqat Huawei brendiga, balki butun mobil sanoatiga oʻz taʼsirini koʻrsatib, ishlab chiqaruvchilarni yangi iqtisodiy realliklarga moslashishga undamoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar