Rossiya App Store doʻkonidan ilovalarni oʻchirish boʻyicha dunyoda birinchi boʻldi

Apple kompaniyasi oʻzining shaffoflik toʻgʻrisidagi yangi hisobotini eʼlon qildi. Unda Rossiyaning App Store segmentida misli koʻrilmagan senzura darajasi qayd etilgan: 2025-yilda Rossiya hukumatining talabi bilan doʻkondan 1213 ta ilova oʻchirib tashlangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu koʻrsatkich Rossiyani ilovalarni oʻchirish boʻyicha mutlaq jahon yetakchisiga aylantirdi. Rossiyadagi oʻchirishlar soni 2024-yilga (171 ta ilova) nisbatan 7 baravar, 2023-yilga (12 ta ilova) nisbatan esa 100 baravar oshgan.
Rossiya kontentni davlat tomonidan tartibga soluvchi boshqa mamlakatlarni katta farq bilan ortda qoldirdi. Taqqoslash uchun: Vyetnamda 335 ta, Xitoyda 196 ta, Hindistonda esa bor-yoʻgʻi 54 ta ilova oʻchirilgan.
Apple kompaniyasining rasmiy pozitsiyasi oʻzgarishsiz qolmoqda — korporatsiya kontentni faqat mahalliy qonunlar ijrosini taʼminlash maqsadida va davlat organlarining rasmiy soʻroviga asosan oʻchirib tashlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!