date

Xitoy oʻzining ilk mustaqil turboventilyatorli aviadvigatelini sinovdan oʻtkazdi

Xitoy oʻzining ilk mustaqil turboventilyatorli aviadvigatelini sinovdan oʻtkazdi

Xitoyning Aero Engine Corporation korporatsiyasi ilk bor toʻliq mamlakat ichida ishlab chiqilgan, tortish kuchi 600 kg sinfiga mansub turboventilyatorli dvigatelni muvaffaqiyatli parvoz sinovlaridan oʻtkazdi. Sinovlar Ichki Moʻgʻuliston osmonida yangi avlodga mansub ikki dvigatelli uchuvchisiz uchish apparatida amalga oshirildi va qurilma butun parvoz davomida hech qanday nosozliklarsiz ishladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Xitoy OAVlarining xabar berishicha, bu mamlakat aviatsiya sanoatida fuqarolik va dron aviatsiyasi uchun moʻljallangan yuqori texnologiyali kichik oʻlchamli turboventilyatorli dvigatelni toʻliq mahalliylashtirishga erishilgan birinchi holatdir. Pekin ushbu loyihani xorijiy aviatsiya texnologiyalariga qaramlikni kamaytirish yoʻlidagi muhim qadam sifatida baholamoqda.

Yangi dvigatel asosan ogʻirligi 1,5 tonnadan 4 tonnagacha boʻlgan ogʻir dronlar, shuningdek, aerotaksi va avtomatlashtirilgan logistika kabi "past balandlik iqtisodiyoti" tizimlari uchun moʻljallangan. Loyihalashtirish boshlanganidan to muvaffaqiyatli parvozgacha boʻlgan davr sakkiz oydan kam vaqtni tashkil etdi, bu aviatsiya sanoati uchun favqulodda tezkor koʻrsatkichdir.

Texnik xususiyatlariga koʻra, qurilma 15 km balandlikkacha koʻtarilish va 0,8 Max (taxminan 960 km/soat) tezlikda harakatlanish imkoniyatiga ega. Bunday parametrlar yangi dvigatelni uzoq masofaga uchuvchi strategik dronlarda qoʻllash imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoy oʻzining ilk mustaqil turboventilyatorli aviadvigatelini sinovdan oʻtkazdi