Wildberries tovarlarni qidirish uchun sunʼiy intellekt yordamchisini ishga tushirdi

Wildberries tovarlarni qidirish uchun sunʼiy intellekt yordamchisini ishga tushirdi

Wildberries jamoasi sunʼiy intellektga asoslangan yangi vosita — tovarlarni qidirish uchun SI-assistentni ishga tushirmoqda. Endilikda foydalanuvchilar anʼanaviy kalit soʻzlar oʻrniga oʻz soʻrovlarini tabiiy tilda shakllantirishlari mumkin boʻladi. Bu haqda RWB (Wildberries va Russ birlashgan kompaniyasi) matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi vosita chat formatida ishlaydi va soʻrovlarni qayta ishlash uchun xususiy katta til modelidan (LLM) foydalanadi. Ishlab chiquvchilarning tushuntirishicha, assistent nafaqat aniq mahsulotni topishga, balki vazifaning mohiyatini tushunib, unga yechim taklif qilishga qodir. Masalan, foydalanuvchi oddiygina "xizmat safarlariga borish uchun noutbuk sigʻadigan ryukzak tanlab ber" deb yozishi kifoya.

SI-assistent soʻrovni tahlil qilib, bir nechta variantlarni taklif etadi. Foydalanuvchi ushbu variantlarni oʻzaro solishtirishi, xususiyatlarini muhokama qilishi va tanlovini aniqlashtirishi mumkin. Shuningdek, tizim yordamida "hamkasbimga 400 ming soʻmgacha boʻlgan sovgʻa top" yoki "bola bilan dengizga borish uchun kerakli buyumlar toʻplamini yigʻ" kabi murakkab vazifalarni bajarish imkoniyati mavjud.

Yordamchi Wildberries qidiruv natijalari sahifasida mavjud boʻlib, u kiyim-kechak va kosmetikadan tortib, elektronika va bolalar buyumlarigacha boʻlgan barcha toifalar bilan ishlay oladi. Avvalroq marketpleysda mahsulotlarni "aqlli solishtirish", virtual kiyib koʻrish xonasi, surat orqali qidirish va sharhlarni neyrotarmoq yordamida qisqacha bayon qilish funksiyalari joriy etilgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar