Ugreen harorat va tezlikni koʻrsatuvchi yangi SSD modelini taqdim etdi

Ugreen harorat va tezlikni koʻrsatuvchi yangi SSD modelini taqdim etdi

Computex 2026 koʻrgazasida Ugreen kompaniyasi oʻzining yangi Neodrive Go 40s tashqi SSD diskini namoyish etdi. Qurilmaning asosiy oʻziga xosligi unga oʻrnatilgan sensorli status-displeydir. Hozircha ushbu gadjet prototip koʻrinishida taqdim etilgan boʻlib, u yakuniy mahsulot konsepsiyasini aks ettiradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Qurilma ichida akkumulyator mavjud emas, shuning uchun ekran faqat USB orqali ulanganda ishlaydi. Ugreen kompaniyasining asosiy gʻoyasi — maxsus tizim utilitalariga kirmasdan, SSD holatini maksimal darajada yaqqol koʻrsatib berishdir. Displeyda drayver harorati, fayllarni nusxalash paytidagi maʼlumot uzatish tezligi hamda xotira resursi (TBW koʻrsatkichi) aks etishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, koʻrgazmada USB ulanish tezligi haqidagi maʼlumotlar ham alohida namoyish etildi. Kompaniya niyatiga koʻra, bunday maʼlumotlar tizim ichkarisida yashirin boʻlmasdan, foydalanuvchi uchun "shu yerda va hozir" rejimida ochiq boʻlishi kerak. Yana bir noodatiy funksiya — sensorli ekran orqali parol bilan himoyalashdir. Parol toʻgʻridan-toʻgʻri displeydagi raqamli klaviatura yordamida kiritiladi.

Neodrive Go 40s modelining bozorga chiqish muddati va narxi hozircha eʼlon qilinmadi. Maʼlumki, ushbu liniya 1 TB, 2 TB va 4 TB hajmli versiyalarni oʻz ichiga oladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Ugreen harorat va tezlikni koʻrsatuvchi yangi SSD modelini taqdim etdi – Zamin.uz, 06.06.2026