Arne Slot Angliya Premer-ligasidan tushgan taklifni rad etdi

Arne Slot Angliya Premer-ligasidan tushgan taklifni rad etdi

Liverpul jamoasining sobiq bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasiga qaytish imkoniyatidan voz kechdi. Maʼlumotlarga koʻra, mutaxassis Fulxem klubidan tushgan taklifni rad etgan. Londonliklar jamoasi Portugaliyaning Benfika klubiga yoʻl olgan Silva oʻrniga munosib nomzod qidirmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Arne Slot oʻtgan haftada Liverpul tomonidan isteʼfoga chiqarilgan edi. Garchi u jamoani chempionlikka yetaklagan boʻlsa-da, sovrinsiz yakunlangan oxirgi mavsum va beshinchi oʻrin rahbariyatning qaroriga sabab boʻldi. Hozirda uning oʻrnini Anfieldda Andoni Iraola egallab ulgurgan.

Niderlandiyalik jurnalist Marcel van der Kraan bergan maʼlumotlarga koʻra, Slot hozirda klub darajasidagi ishlardan koʻra milliy terma jamoani boshqarishni afzal koʻrmoqda. Xususan, Ronald Koeman Jahon chempionatidan keyin lavozimini tark etsa, Slot Niderlandiya terma jamoasi uchun asosiy nomzod boʻlishi kutilmoqda.

Arne Slot Liverpul boshqaruvida 113 ta oʻyinda 66 ta gʻalaba qayd etdi. Oxirgi transfer oynasida klub 450 million funt sterlingdan ortiq mablagʻ sarflaganiga qaramay, kutilgan natijalarga erishilmadi. Ayni damda murabbiyga Milan tomonidan ham qiziqishlar borligi aytilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Arne Slot Angliya Premer-ligasidan tushgan taklifni rad etdi – Zamin.uz, 06.06.2026