Ba’zi insonlar juda kech vaqtda ovqatlanishga odatlangan bo‘lishadi, yana ayrimlar esa kechqurun umuman ovqatlanmaslikka harakat qilishadi. Biroq, gastroenterolog, parhezshunos, tibbiyot fanlari nomzodi Irini Berejnayaning Sputnik radiosiga bergan intervyusida aytishicha, ikki holat ham salomatlik uchun juda zararli bo‘lishi mumkin.
“Juda kech payti ovqatlanish yaxshi emas, ayniqsa, taomdan so‘ng darhol uyquga yotsangiz. Odam oshqozonida ko‘p miqdorda oziq-ovqat bilan tekis yotadi va oshqozon tarkibidagi yegulik esa qizilo‘ngachga qaytib boradi. Natijada qizilo‘ngachning kuyishi, oshqozonda tiqilishi va bakteriyalar ko‘payishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida bakterial o‘sish sindromini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, ovqat hazm qilishda muammolar paydo bo‘ladi. Tongda esa qorin bo‘shlig‘ida noqulaylik, og‘riq bo‘lishi mumkin”, - ta’kidlaydi shifokor.
Bundan tashqari, juda kech ovqatlanish jigar faoliyatiga ham zarar keltiradi.
“Kechgi ovqatdan so‘ng barcha a’zolar yomon ishlaydi. Odam uxlayotganda butunlay boshqacha energiya sarflaydi. Natijada uyqudan oldin ovqatlanish jigar semirishiga olib keladi. Chunki bunda jigarga ko‘p yuklama tushadi. Bu hatto ozg‘in odamlarda ham uchrashi mumkin bo‘lgan yog‘li gepatozdir”, - deya ogohlantiradi shifokor.
Yana ko‘pchilik odamlar esa umuman kechki ovqat iste’mol qilmaslikka harakat qilishadi. Ammo bu ham oshqozonga salbiy ta’sir qilmasdan qolmaydi.
“Ayrimlar parhez qoidasiga ko‘ra kechgi ovqatni iste’mol qilmaslikka harakat qiladi. Bu odatning ham yaxshi tomonlari bo‘lishi mumkin. Biroq, agar organizm bunday tartibga ko‘nikmagan bo‘lsa, salomatlikka jiddiy zarar keltirishi mumkin. Chunki katabolizm (energiya almashinuvi), kislota-ishqor muvozanati buziladi”, - deydi shifokor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»