Bugun Yerda kuchli magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Bugun, 4 iyun kuni Quyoshda yuz bergan kuchli X sinfidagi chaqnashlar natijasida hosil bo‘lgan plazma oqimi Yer ionosferasiga yetib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti qoshidagi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, mazkur chaqnashlar ta’sirida sayyorada 6–7 ballik darajadagi kuchli magnit bo‘roni yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Qayd etilishicha, plazma oqimining Yer magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siri vaqtida ayrim odamlarda uyqu sifati yomonlashishi, charchoq hissi kuchayishi hamda yurak urishi ritmida ayrim o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Shu munosabat bilan mutaxassislar aholiga o‘z salomatligiga jiddiy e’tibor qaratishni, ortiqcha jismoniy faollik va ruhiy zo‘riqishlardan ehtiyot bo‘lishni tavsiya etmoqda.





























Izohlar 0
…