Gretsiyada ayollar ilk bor armiyaga ko‘ngilli sifatida qabul qilindi

Gretsiya Mudofaa vazirligi yangi dastur doirasida armiyada muhim o‘zgarishni amalga oshirdi. Dastlabki bosqichda 72 nafar ayol ko‘ngilli sifatida Qurolli kuchlar safiga qabul qilindi.
Ushbu yangi tashabbusga ko‘ra, 20–26 yosh oralig‘idagi ayollar 12 oylik ko‘ngilli harbiy xizmatni o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ular erkak harbiylar bilan bir xil tayyorgarlik dasturidan o‘tadi va armiyadagi barcha tartib-qoidalarga to‘liq rioya qiladi.
Tayyorgarlik jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar belgilangan harbiy bo‘linmalarga taqsimlanadi va keyinchalik zaxiradagi harbiy xizmatchilar maqomini oladi. Bu esa ularning kelgusida mamlakat mudofaa tizimida ham muhim o‘rin egallashini anglatadi.
Gretsiya hukumati ushbu qaror orqali Qurolli kuchlarda ayollar ulushini oshirish, armiyaning kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda zamonaviy mudofaa tizimini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan.
Mazkur yangilik mamlakatda katta qiziqish uyg‘otib, ijtimoiy va siyosiy doiralarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.





























Izohlar 0
…