Yevropa Ittifoqida kripto kompaniyalar uchun MiCA muddati yakunlanmoqda

Yevropa Ittifoqida kripto kompaniyalar uchun MiCA muddati yakunlanmoqda
Audio versiyasi

Yevropa Ittifoqining kripto-aktivlar bozorini tartibga soluvchi MiCA reglamenti 1-iyuldan boshlab toʻliq kuchga kiradi. Oʻtish davri yakunlanishi bilan milliy rejimlar asosida faoliyat yuritayotgan barcha kripto-aktiv xizmat koʻrsatuvchi provayderlar (CASP) yo MiCA litsenziyasiga ega boʻlishi, yoki Yevropa Ittifoqi mijozlariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatishi shart. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Yevropa qimmatli qogʻozlar va bozorlar boshqarmasi (ESMA) vakilining maʼlum qilishicha, ushbu sanadan boshlab ruxsatnomaga ega boʻlmagan tashkilotlarning Ittifoq hududida ishlashi taqiqlanadi. Kompaniyalar litsenziya qarorini kutib, ochiq qolgan oʻtish maqomiga tayanmasdan, oʻz faoliyatini tugatish yoki mijozlarni migratsiya qilish rejalarini amalga oshirishlari lozim.

Fransiyada hozirga qadar 19 ta kripto-provayder litsenziya olgan boʻlsa, yana 25 taga yaqin ariza koʻrib chiqish jarayonida turibdi. Mamlakat moliya bozori boshqarmasi (AMF) ogohlantirishicha, ruxsatsiz kripto xizmatlarini koʻrsatish jinoiy javobgarlikka sabab boʻlib, ikki yilgacha qamoq jazosi va 30 000 EUR miqdorida jarima bilan jazolanishi mumkin.

Germaniya ham oʻzining milliy qonunchiligi doirasida 30-iyunga qadar litsenziya olish talabini qoʻydi. BaFin regulyatori zarur hollarda tegishli choralar koʻrilishini bildirdi. Avstriyada esa eski rejim boʻyicha imtiyozli davr allaqachon yakunlangan boʻlib, hozirda barcha birjalar litsenziya asosida faoliyat yuritmoqda.

Ushbu qatʼiy muddat koʻplab kripto kompaniyalarni oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatishga majbur qilishi mumkin. Bu esa arizalari hali koʻrib chiqilayotgan platformalardan foydalanayotgan millionlab foydalanuvchilarga taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Laylo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar