Banklar qarz oluvchilarni sun’iy intellekt orqali baholaydi

Banklar qarz oluvchilarni sun’iy intellekt orqali baholaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar paketini tasdiqladi.

Hujjatga ko‘ra, 2030 yilga borib kichik va o‘rta biznesni kreditlash hajmi uch barobar oshiriladi. Uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, onlayn mikrokreditlar ulushi kredit portfelining 60 foizini tashkil etishi belgilangan.

2026 yil 1 iyuldan onlayn kreditlash uchun raqamli platforma ishga tushiriladi. Banklar qarz oluvchilarni baholash uchun «Elektron hukumat» ma’lumotlaridan bepul foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

2026 yil 1 dekabrdan muqobil sun’iy intellekt skoringi joriy etiladi. Tizim qarz oluvchilarni soliqlar, daromadlar, mol-mulk, kommunal to‘lovlar va sudlanganlik holati kabi 71 ta ma’lumot to‘plami asosida tahlil qiladi.

Banklar ta’minlanmagan onlayn mikrokreditlarni 1 soat ichida ajratishni yo‘lga qo‘yishi kerak.

Shu bilan birga, ikki oy ichida banklarda «AI Maslahatchi» servisi ishga tushiriladi. U tadbirkorlarga mahallalar xususiyatini hisobga olgan holda biznes g‘oyalar ishlab chiqishda yordam beradi.

Islohot kredit tarixi bo‘lmagan korxonalar uchun kapitalga kirish imkoniyatini soddalashtirishga qaratilgan. Shuningdek, u kredit xatarlarini baholash jarayonini avtomatlashtirishga xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Banklar qarz oluvchilarni sun’iy intellekt orqali baholaydi – Zamin.uz, 05.06.2026