21st Century Alchemy: China Develops Technology to Transform Coal into Graphene and Supercapacitors

Xitoylik tadqiqotchilar odatiy koʻmirni grafen, uglerod tolasi hamda superkondensatorlar uchun zarur boʻlgan yuqori texnologiyali materiallarga aylantirish imkonini beruvchi innovatsion usulni taqdim etishdi. Shanxay provinsiyasidagi sohaviy anjumanda eʼlon qilingan bu ishlanma zamonaviy sanoat va energetika yoʻnalishida tub burilish yasashi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, ushbu loyiha Zhaoqing Shunxin Coal Chemical Industry Technology hamda Guangdong Coal-based Carbon Materials Research kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqilgan. 2025-yilda mazkur texnologiya Xitoy xalqaro fan va texnologiyalarni rivojlantirishga koʻmaklashish assotsiatsiyasining ekspertizasidan muvaffaqiyatli oʻtib, uni bozorga chiqarishni tezlashtirish tavsiya etilgandi.
Anʼanaviy usulda koʻmir asosan elektr energiyasi olish yoki yoqilgʻi sifatida yoqib yuborilsa, yangi jarayon undan qimmatli uglerod birikmalarini ajratib olishga yoʻnaltirilgan. Bu esa qazilma boylikni oddiy yoqilgʻidan koʻra koʻrakoʻproq yuqori qoʻshilgan qiymatga ega zamonaviy sanoat xomashzisiga aylantiradi.
Kvant kimyosi va yangi imkoniyatlar
Loyiha mualliflarining taʼkidlashicha, jarayon kvant kimyosi tamoyillariga asoslanadi. Qayta ishlash davomida koʻmir molekulalari kimyoviy bogʻlarning mustahkamligiga qarab ajratiladi: kamroq turgʻunlari suyuq va gazsimon mahsulotlarga aylanadi, eng barqaror aromatik tuzilmalar esa zamonaviy uglerodli materiallar uchun asosiy xomashyo boʻlgan kondensatsiyalangan pekni hosil qiladi.Mazkur pek asosida uglerod tolasi, uglerod koʻpik, uch oʻlchamli grafen, yuqori tozalikdagi faollashtirilgan koʻmir hamda superkondensatorlar uchun materiallar ishlab chiqarish mumkin. Mutaxassislarning fikricha, bunday mahsulotlar aerokosmik sanoat, elektronika, energiya saqlash tizimlari va boshqa ilgʻor sohalarda keng qoʻllanilishi kutilmoqda.
Ekologik samaradorlik va sanoat miqyosidagi rejalar
Yangi texnologiya koʻmirdagi uglerodning taxminan 60 foizini toʻgʻridan-toʻgʻri tayyor mahsulotga aylantirish imkonini beradi. Olimlarning bahosiga koʻra, koʻmirni ushbu usulda qayta ishlash anʼanaviy usullarga qaraganda karbonat angidrid chiqindilarini bir tonna xomashyo hisobiga ikki tonnaga qisqartirishga yordam beradi.Tijoriy joriy etish yoʻlida ilk qadam tashlanib, Xenan provinsiyasida yiliga 6000 tonnagacha uglerod materiallarini ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona qurish boʻyicha China Pingmei Shenma Group davlat kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Shuningdek, mahsulotlarning bir qismi sinovdan oʻtib, seriyali ishlab chiqarishga hozirlanmoqda.
Garchi texnologiya katta istiqbollarni ochsa-da, u hozircha laboratoriya va tajriba loyihalaridan sanoat miqyosiga oʻtish bosqichida turibdi. Uning iqtisodiy samaradorligi va eʼlon qilingan xarakteristikalarga toʻlaligicha mos kelishi keng koʻlamli ommaviy ishlab chiqarish sharoitida toʻliq tasdiqlanishi kerak.























Comments 0
…