Alan Shearer Angliya terma jamoasining asosiy pleymeykeri kim boʻlishini aytdi

Alan Shearer Angliya terma jamoasining asosiy pleymeykeri kim boʻlishini aytdi
Audio versiyasi

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shearer yangi bosh murabbiy Thomas Tuchelga kutilmagan maslahat berdi. Shearerning fikricha, jahon chempionatida Real Madrid yulduzi Jud Bellingem emas, balki Aston Villa vakili Morgan Rogers asosiy tarkibda, yaʼni 10-raqamli pozitsiyada maydonga tushishi kerak. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ekspert oʻz tanlovini futbolchilarning ayni damdagi sport formasi bilan izohladi. Rogers yakunlangan mavsumda Aston Villa safida barcha musobaqalarda 55 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol va 12 ta assist qayd etdi. Shuningdek, u jamoasining Yevropa ligasi gʻolibiga aylanishida katta hissa qoʻshdi. Shearerning taʼkidlashicha, Rogersning jismoniy holati va barqarorligi uni asosiy nomzodga aylantiradi.

Boshqa tomondan, Jud Bellingem Real Madrid safida jarohatlar bilan bogʻliq qiyin mavsumni oʻtkazdi. U 40 ta uchrashuvda 8 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Garchi Bellinghamga rasman 10-raqamli futbolka topshirilgan boʻlsa-da, Shearer murabbiy obroʻga emas, balki natijaga eʼtibor qaratishi lozimligini aytdi.

Shearer oʻzining ideal yarim himoya uchligini ham maʼlum qildi: u Morgan Rogersni Elliot Anderson va Declan Rice bilan birga koʻrmoqchi. Uning soʻzlariga koʻra, Rogers oʻz mehnati bilan jahon chempionatida asosiy tarkibda oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan va Thomas Tuchel kabi tajribali murabbiy yulduz futbolchilarni zaxirada qoldirishdan qoʻrqmasligi kerak.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar