Arkadiusz Milik jarohatlar sababli mashgʻulot paytida yigʻlab yuborganini tan oldi

1 daqiqa o'qish281
Arkadiusz Milik jarohatlar sababli mashgʻulot paytida yigʻlab yuborganini tan oldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Yuventus hujumchisi Arkadiusz Milik jarohatlarining ruhiy holatiga ta'siri haqida ochiq gapirdi.
  • 32 yoshli futbolchi, doimiy jismoniy muammolar tufayli sport zalida yigʻlab olganini tan oldi.
  • Milik, jarohatlar bilan bogʻliq kurashlari uni chidab boʻlmas darajaga olib kelganini aytdi.
  • 2025-26-yilgi mavsumda u A Seriya doirasida faqat ikki marta maydonga tushdi va jarohatlari uning faoliyatini jiddiy cheklab qoʻydi.

Yuventus hujumchisi Arkadiusz Milik uzoq davom etayotgan jarohatlar uning ruhiy holatiga qanchalik ogʻir zarba bergani haqida ochiq gapirdi. 32 yoshli Polsha terma jamoasi aʼzosi doimiy jismoniy muammolar uni butunlay charchatganini va hatto sport zalidagi mashgʻulotlarni toʻxtatib, yuvinish xonasida koʻz yosh toʻkishga majbur boʻlgan lahzalarni esladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Tajribali forvard Turin klubi safida soʻnggi paytlarda jismoniy holati tufayli juda kam maydonga tushmoqda. 2023-yilda Marsel jamoasidan Yuventus safiga toʻliq koʻchib oʻtgan Milik Polshaning Kanal Sportowy nashriga bergan intervyusida jarohatlar bilan bogʻliq ruhiy kurashlari haqida soʻzlab berdi. Uning soʻzlariga koʻra, doimiy muolajalar va tiklanish jarayonlari uni chidab boʻlmas darajaga olib kelgan.

"Oxirgi ikki yil ichida faqat jarohatlarim haqida gapirishim mumkin edi. Bu davr meni tom maʼnoda holdan toydirdi. Hammasidan uzilib qolishni xohlardim", — deydi hujumchi. Milik oʻz faoliyati davomida Ajax, Napoli va Marsel kabi klublarda sermahsul oʻyin koʻrsatgan boʻlsa-da, soʻnggi yillarda uning omadi chopmayapti.

Hujumchi oʻzining eng ogʻir damlarini shunday tasvirlaydi: "2025-yilning boshida menda katta muammo yuzaga keldi, bu juda yoqimsiz lahzalar edi. Men ruhiy tushkunlikning eng quyi nuqtasiga tushib qoldim. Baʼzida sport zaliga mashgʻulot uchun kirardim-u, birdan toʻxtab, yuvinish xonasiga borib yigʻlab olardim".

Statistikaga koʻra, 2025-26-yilgi mavsum Milik uchun muvaffaqiyatsiz kechmoqda. U A Seriya doirasida bor-yoʻgʻi ikki marta maydonga tushib, jami 34 daqiqa harakat qildi. Tizza, boldir va mushaklardagi ketma-ket jarohatlar uni uzoq muddatga futboldan chetlatib qoʻydi. Aprel oyidagi tizzasidagi jarohat esa uning azoblarini yanada kuchaytirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?