Farg‘onada suv havzasidagi baxtsiz hodisa o‘lim bilan yakunlandi

Farg‘onada suv havzasidagi baxtsiz hodisa o‘lim bilan yakunlandi
Qisqacha

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida fermer xo‘jaliklaridan birida 3 iyun kuni fojiali hodisa sodir bo‘ldi. Membranali suv havzasiga tushib ketgan fuqaroning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Mutaxassislar bunday suv omborlarining ichki qismi sirpanchiq qoplama bilan qoplanganini va qutqaruv vositalari yo‘qligida insonlar uchun xavf katta ekanini ta’kidlashmoqda.

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida joylashgan fermer xo‘jaliklaridan birida fojiali voqea sodir bo‘ldi. Membranali suv havzasiga tushib ketgan fuqaroning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 3 iyun kuni ro‘y bergan. Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida keng foydalanilayotgan membranali suv havzalarida shunga o‘xshash ko‘ngilsiz holatlar bir necha bor kuzatilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday suv omborlarining ichki qismi maxsus sirpanchiq qoplama bilan qoplangan bo‘ladi. Shu sababli tasodifan suvga tushib ketgan insonlar mustaqil ravishda sohilga chiqishda jiddiy qiyinchilikka duch keladi. Ayniqsa, qutqaruv vositalari mavjud bo‘lmagan hollarda xavf yanada ortadim

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar