Iste’foga chiqishini e’lon qilgan Britaniya bosh vaziri Boris Jonson siyosatni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya yozadi “The Telegraph” nashri.
Nashr manbalariga ko‘ra, Jonson hozircha deputatlik mandatidan voz kechmoqchi emas, biroq ayni paytda o‘zidan oldingi bosh vazir Tereza Mey kabi jamoatlar palatasida qolish-qolmasligiga ishonchi komil emas.
Ta’kidlanishicha, Jonson unga 2016 yilgacha daromad keltirgan publitsistik faoliyatiga va ma’ruza o‘qishga qaytishi mumkin. Manbalardan biri Jonson bu haqda shu dam olish kunlari o‘ylab ko‘rishini aytgan. Hozircha u biror bir qaror qabul qilgani yoki yo‘qligi ma’lum emas.
Aprel oyida Jonson koronavirus pandemiyasi davrida Dauning-stritdagi bazmlar bilan bog‘liq janjallarga qaramay, u bosh vazir kursisida qolishi va 2024 yilga belgilangan navbatdagi parlament saylovlarida qatnashishi mumkinligiga ishonch bildirgan edi.
Biroq 7 iyul kuni, Britaniya hukumati a’zolarining ommaviy iste’foga chiqishi ortidan, u konservatorlar partiyasi rahbari va bosh vazir lavozimlarini tark etishini e’lon qildi. Jonson partiya yangi yetakchini saylamaguncha o‘z lavozimida qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi