
James Webb koinot teleskopi olgan suratda Yupiterni o‘rab olgan bo‘ronlar, halqalar aniq ko‘rinib turibdi. Buni astronomlar “aql bovar qilmaydigan”deb baholashdi, deb yozmoqda BBC.
Sayyora xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish uchun infraqizil tasvirlar sun’iy rangga bo‘yalgan. Chunki inson infraqizil ranglarni ko‘rish qobiliyatiga ega emas.
“Biz ilgari Yupiterning bunday tasvirini ko‘rmaganmiz. U butunlay aql bovar qilmas”, – degan loyiha ishtirokchilairdan biri Kaliforniya universiteti astronom Imke de Pater.

Foto: NASA/ESA/CSA/JUPITER ERS TEAM/JUDY SCHMIDT
Tasvir teleskop olgan bir necha suratning kompozitsiyasidan tayyorlangan. Sayyoraning janubiy va shimoiy qutblarida Quyosh yorug‘ligi aks etgan.
Ma’lumot uchun, James Webb koinot teleskopi 2021 yil dekabr oyida ishga tushirilgan va Yerdan 1,6 million km uzoqlikda joylashgan. Loyiha 10 milliard dollarlik bo‘lib, u NASA, Yevropa va Kanada kosmik agentliklari hamkorligida yuritiladi.
U 13 milliard yil oldin Yer tomon harakatlana boshlagan yorug‘likni aniqlay oladi. Mashhur Hubble teleskopining vorisi, deb ataladigan James Webb kelgusi 20 yilda fazoviy kashfiyotlarning asosi bo‘lishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar