12:47 / 22.06.2023
136

Rossiyada Butunjahon yovvoyi tabiat fondi nomaqbul tashkilot deb e’lon qilindi

Rossiyada Butunjahon yovvoyi tabiat fondi nomaqbul tashkilot deb e’lon qilindi
Foto: Shutterstock
Rossiya Bosh prokuraturasi Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) faoliyatini Rossiyada nomaqbul deb tan olishga qaror qildi. Bu haqda 21 iyun, chorshanba kuni nazorat organi matbuot xizmati ma’lum qildi.
 
Bayonotda ta’kidlanganidek, Bosh prokuratura jamg‘armaning ekologik va ekologik ta’lim faoliyatidan «WWF tomonidan iqtisodiy sohada xavfsizlikka tahdid soladigan loyihalarni amalga oshirish uchun niqob sifatida foydalaniladi» degan xulosaga kelgan. Xususan, idora ta’kidlashicha, «atrof-muhitni asrash bahonasida WWF mamlakatning Arktikani sanoatlashtirish, Arktika hududlaridagi tabiiy resurslarni rivojlantirish, o‘zlashtirish va qonuniylashtirish bo‘yicha siyosiy yo‘nalishini amalga oshirishning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirmoqda».
 
Bundan tashqari, WWF Rossiyaning energetika sektori, neft va gaz sanoati yirik korxonalari, shuningdek, foydali qazilmalar va qimmatbaho metallar konlarini o‘zlashtirish bilan shug‘ullanadigan korxonalarning ishini kuzatib boradi. Shu munosabat bilan, jamg‘arma Rossiya mintaqalaridagi ekologik vaziyat to‘g‘risida ma’lumot to‘plash va Rossiyaning iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan mustaqil hisobot tayyorlash uchun boshqariladigan ekologik notijorat tashkilotlari tarmog‘ini tuzdi, deyiladi xabarda.
 
Rossiya Bosh prokuraturasi, shuningdek, 10 mart kuni Rossiya Adliya vazirligi tomonidan «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritilgan jamg‘armani Rossiya notijorat tashkilotlariga moddiy va uslubiy yordam ko‘rsatishda aybladi.
 
1961 yil aprel oyida tashkil etilgan Butunjahon yovvoyi tabiat fondi 5 milliondan ortiq tarafdorlari bo‘lgan dunyodagi eng yirik mustaqil tabiatni muhofaza qilish tashkiloti bo‘lib, 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi va butun dunyo bo‘ylab 1300 ga yaqin tabiatni muhofaza qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bosh qarorgohi Shveysariyada joylashgan jamg‘arma asosiy maqsadi Yerning biologik xilma-xilligini saqlab qolishdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Butunjahon yovvoyi tabiat fondi nomaqbul tashkilot deb e’lon qilindi
ePN