BTS a’zosi Jungkook bemor bolalar uchun 8,6 mlrd so‘m xayriya qildi

BTS a’zosi Jungkook bemor bolalar uchun 8,6 mlrd so‘m xayriya qildi

BTS guruhi a’zosi Jungkook Seul Milliy universiteti bolalar shifoxonasiga 1 milliard von, ya’ni taxminan 8,6 milliard so‘m xayriya qildi. Mablag‘ kam ta’minlangan oilalardagi bolalarning davolanish xarajatlarini qoplash hamda shifoxonaning Integrated Care Center loyihasini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu haqda Allkpop xabar berdi.

Jungkook shifoxonaga mazkur mablag‘ni yana bir bor xayriya qilgani bilan e’tibor qozondi. U 2023 yilda ham aynan shu shifoxonaga 1 milliard von ajratgan edi. Shu tariqa uning shifoxonaga qilgan jami xayriyasi 2 milliard vonni tashkil etdi.

“Umid qilamanki, bu mablag‘lar bemor bolalarga yordam beradi va ular sog‘lom tabassum bilan kulishlari mumkin”, degan Jungkook 2023 yildagi xayriyasi vaqtida.

Xonandaning navbatdagi xayriyasi kam ta’minlangan oilalar farzandlarining davolanishiga ko‘maklashishga qaratilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar